Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrain kartoshkasi: katta hosil — katta muammo

Ukrain kartoshkasi: katta hosil — katta muammo

Foto: «Vesti»

Ukrain fermerlari kartoshka yetishtirishda tengsiz, ammo hosilni saqlashni bilishmaydi. Bu haqda «Ekonomicheskiye novosti» yozmoqda.

Saytning yozishicha, ukrain kartoshkasining salmog‘i va sifatiga butun dunyoda havas qilishadi. Hosildorlik zo‘r: masalan, Yevropa ittifoqi mamlakatlari kartoshkadan gektariga o‘rtacha 33 tonnadan hosil ko‘tarishsa, ukrain fermeri 45 tonnadan hosil oladi, hatto bu yil ayrimlari 50 tonnagacha kartoshka olishibdi.

Mamlakat agrar siyosat vazirligi xomcho‘tiga ko‘ra, bu yil 21,5 million tonna hosil olinadi. Ammo bitta katta muammo bor: ana shu hosilning yarmi ham aholi dasturxoniga yetib bormaydi: yo yaxshi saqlashni bilishmagani uchun chirib ketadi yoki huzurini chorva mollari ko‘radi.

Shundan kelib chiqib, Ukraina kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi mamlakatning kartoshka yetishtiruvchi ilg‘or mamlakatlar yo‘lidan borishi lozimligini ta’kidlashmoqda. Tijoriy sektorda ishlab chiqarish miqdorini kamaytirish barobarida ekin maydonlari hosildorligini yanada oshirish, mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar ochish, qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish kerak, deyishmoqda ular.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring