Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi

Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi

Ukraina armiyasi Rossiyaning dronlari tufayli Amerikaning Abrams M1A1 tanklarini frontdan olib chiqdi. Tanklar dronlar uchun juda zaif bo‘lib chiqdi, deb yozadi Associated Press. 

Ikki amerikalik harbiy amaldor jurnalistlar bilan suhbatda Ukraina Abrams’larni frontdan olib chiqib ketgani haqida ma’lum qilishdi.

Amerika va Ukraina harbiylari hozirda yuzaga kelgan vaziyatda tanklardan qanday foydalanish haqida o‘ylashayotgani aytilmoqda.

AQSh 2023 yil yanvarida Ukrainaga 31ta Abrams tankini topshirdi. Ushbu va boshqa tanklar Ukraina armiyasiga Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga va bosib olingan hududlarni qaytarib olishga yordam berishi rejalashtirilgan edi.

Ammo o‘shandan beri vaziyat juda o‘zgardi: front chizig‘i ustida havo dronlar bilan to‘lib ketdi. O‘sha 31 ta Abrams’dan beshtasi allaqachon yo‘qotilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring