Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

20-mart kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi

20-mart kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi

Foto: «Sputnik»

20-mart kuni «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlangan «Yoshlar marafoni» o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan 20-mart kuni soat 9:00 dan 12:00ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan «Paxtakor» markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring