Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim!» — Prezident

«Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim!» — Prezident

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevNavro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqida Nodirbek Abdusattorovning yutuqlarini alohida qayd etdi.

«Xabaringiz bor, yaqinda mashhur shaxmat grossmeysteri – Nodirbek Abdusattorov Praga xalqaro turnirida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, jahondagi eng kuchli to‘rtta shaxmatchining biriga aylandi.

Kelinglar, shu ulug‘ ayyom kunda barchamiz astoydil niyat qilaylik: Nodirbekka tez kunlarda Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelish nasib etsin! Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim! Butun el-yurtimiz sendan shu buyuk g‘alabani kutmoqda», dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring