Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi FHDYo organlari bo‘yicha tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi

Adliya vazirligi FHDYo organlari bo‘yicha tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda FHDYo organlari tugatilarmish degan mish-mishlar tarqaldi. Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

«Hozirgi kunda nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDYo bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, Nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi. FHDYo bo‘limlari tomonidan esa 4 ta (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) turdagi harakatlar amalga oshiriladi.

Aslida, Nikoh uylari mustaqilligimizning ilk yillarida barcha FHDYo organlarida yetarlicha sharoit bo‘lmagan, binolar bilan bog‘liq muammolar fonida aholining nikohni tantanali qayd etilishiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun ayrim hududlarda tashkil etilgan edi.

Hozirgi kunda, FHDYo organlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi tufayli barcha FHDYo organlarida nikohni tantanali qayd etish uchun alohida xonalar va sharoitlar yaratilgan.

Shundan kelib chiqib, nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDYo bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa adliya organlari faoliyatini optimallashtirish, xodimlarga kelayotgan ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash, binolardan unumli foydalanishdir», deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring