Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolalarda allergik kasalliklarni aniqlash bo‘yicha bepul aksiya o‘tkaziladi

Bolalarda allergik kasalliklarni aniqlash bo‘yicha bepul aksiya o‘tkaziladi

Foto: «Schitovidka.su»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 11-may kuni «Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

— allergologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish asosida allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga molekulyar tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha yagona markazlashtirilgan tizimni yaratish hamda allergik kasalliklarni erta aniqlovchi skrining dasturlarni barcha joylarda bosqichma-bosqich joriy etish;

— sog‘liqni saqlash amaliyotiga ilm-fanning ijobiy natijalarini joriy etish imkonini beradigan biotibbiyotning umumjahon yutuqlari bilan bog‘liq holda allergologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, allergik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish;

— allergik kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari, tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan buyumlar va tibbiyot texnikasi, jumladan, tashxis qo‘yish va davolash allergenlari, reagentlari va sarflash materiallari bilan ta’minlash darajasini oshirish;

— klinik allergologiya va immunologiya sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyatini oshirish, bu sohada yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish;

— qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, allergologiya sohasiga grantlar va investitsiyalarni jalb qilish, tajriba almashish maqsadida xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, allergologiya sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar o‘tkazish.

Allergik kasalliklarni erta aniqlash uchun 18 yoshga to‘lmagan va xavf ostida bo‘lgan bolalarni 2019-yil 1-yanvardan 1-iyulgacha tekshirish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi o‘tkaziladi.

Bir martalik aksiya oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida, shuningdek, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga borgan holda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining faol ishtirokida bepul asosda o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring