Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududi bo‘ylab kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishda 9–14 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 35–40 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarida 41–42 darajagacha isiydi.

Toshkentda kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishda 5–10 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim hududlarda uning tezligi 12–14 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat 38–40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda 9–14 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 28–33 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring