Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘ylab kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 32–37 daraja, janubda 40 darajagacha isiydi.

Toshkentda kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 33–35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 25–30 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring