Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonning aksariyat qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonning aksariyat qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 21-26 daraja bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 21-23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Sel va suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. G‘arbdan sekundiga 9–14 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 13-18 daraja bo‘ladi.

1-2-oktabr kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring