Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkent va Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun Toshkent va Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35 daraja bo‘ladi.
 
Toshkentda ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34 daraja bo‘ladi.
 
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring