Dam olish kunlari harorat pasayadimi?
Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi. Faqat Orolbo‘yida va Toshkent viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati 32-35 daraja, respublika shimoli-g‘arbida 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz pasayadi va kunduz kunlari 25-30 darajani tashkil etadi, ba’zi joylarda 32 darajagacha, janubda 35 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12-sentyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-12-sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 13-sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda: bugun kүnning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 16-18 daraja, kunduzi shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni 30-32 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter