Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektr uchun to‘langan pul bazaga tushmasligi mumkinmi?

Elektr uchun to‘langan pul bazaga tushmasligi mumkinmi?

Foto:«Sputnik»

Qiziriq tumani «Birdamlik» mahallasida yashoqchi fuqaro A.Qulto‘rayev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga elektr energiyasi to‘lovi muammosi yuzasidan murojaat qilgan.

A.Qulto‘rayev  foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsada, majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan 750 ming so‘m qarzdorlik chiqargan va tarmoqdan uzib ketganligidan norozi ekanligi bildirilgan.

Muammo Qiziriq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilganda, fuqaro A.Qulto‘rayev Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsada, mablag‘ Elektr tarmoqlari korxonasi bazasiga tushmaganligi aniqlandi. Natijada fuqaro A.Qulto‘rayevga majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik bekor qilinib tuman elektr tarmoqlari korxonasi bazasiga tushurilib berildi va tarmoqga ulab qo‘yildi.

Avvalroq, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati savdo shoxobchalarida sotilayotgan qo‘lbola isitish pechlari, yondirgichlar hamda gaz balonlarining muvofiqlik sertifikatlari bilan sifati tasdiqlangan holda sotilayotganini o‘rgangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring