Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi aholi yangi elektr va gaz hisoblagichlarini xarid qilish, o‘rnatish uchun haq to‘lamaydi

Endi aholi yangi elektr va gaz hisoblagichlarini xarid qilish, o‘rnatish uchun haq to‘lamaydi

Bu ishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi.

Foto: «Sputnik»

Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018-yildagi 22-sonli «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori 16.01.2018-yilda kuchga kirdi.

Ushbu hujjat bilan «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari» hamda «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari» tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra bundan buyon maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

Eslatma! Qarorda faqat zamonaviy, ya’ni elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalangan hisoblagichlar nazarda tutilgan. Zamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish xarajatlari iste’molchi tomonidan to‘lanadi.

Shuningdek, hisoblagichga iste’molchining aybi bilan zarar yetkazilgan, ishdan chiqarilgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, uni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslovidan o‘tkazish va o‘rnatish uchun to‘lov iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring