Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ochiq davlat idoralari e’lon qilindi (reyting)

Eng ochiq davlat idoralari e’lon qilindi (reyting)

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi shakllantirilgan edi. Ushbu kengash ekspertlar ishtirokida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilib, baholash natijalarini har yili ikki marotaba e’lon qilib boradi.

Bugun, 15-sentyabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining «Ochiqlik indeksi» bo‘yicha navbatdagi reytingi e’lon qilindi. Unda 45 ta davlat idorasining 2018-yil 1-iyul holatigacha bo‘lgan ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.

Monitoring natijasiga ko‘ra, Adliya vazirligi 88,12 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 75,85 ball bilan ikkinchi, Markaziy bank 66,75 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Ochiqlikni ta’minlash yo‘lida bir qator ijobiy natijalarga erishgan Sog‘liqni saqlash vazirligi umumiy hisobda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Eng yomon ko‘rsatkich

Faoliyati ochiqligi bo‘yicha vazirliklar orasida Suv xo‘jaligida eng yomon ko‘rstakich — 15,83 ball.

Hokimliklar orasida esa Samarqand viloyati eng quyida.

Shu paytgacha reyting baholashda faqat davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratilgan  bo‘lsa, joriy yildan bu ishlarning sifati va soni, uning samaradorligini baholash kabi yangi mezon asosida o‘tkazildi. Bunda, eng avvalo, davlat xokimiyati organlari rahbariyatining keng auditoriya bilan muloqoti, uchrashuv, matbuot anjumanlari, brifinglardagi bevosita ishtiroki, axborot xizmatlari faoliyati va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida qanoatlantirilganiga alohida  urg‘u berildi.

Reyting (TOP-10)

  1. Adliya vazirligi — 88,12 ball
  2. AKT vazirligi — 75,85 ball
  3. Markaziy bank — 66,75 ball
  4. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 64,30
  5. Davlat soliq qo‘mitasi — 63,56
  6. Tashqi ishlar vazirligi — 63,18
  7. Intellektual mulk agentligi — 62,28
  8. Xalq ta’limi vazirligi — 58,35
  9. Moliya vazirligi — 57,80
  10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 54,49.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring