Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimlari yaxshilanadi

Hududlarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimlari yaxshilanadi

Foto: «Darakchi.uz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

2018-yilda xalqaro moliya institutlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, 137 km. magistral suv tarmog‘i, 338 km. ichimlik suvi tarmog‘i, 53 km. kanalizatsiya tarmog‘i, 9 ta suv tarqatish inshooti, 29 dona suv qudug‘i va 4 ta nasos stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, hududlardagi 301 ta aholi punktlarining ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash maqsadida 1434 km. ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 254 ta ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, aholi punktlarida 256 km. ichimlik suvi tarmoqlari hamda 80 ta suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish, qishloq joylardagi arzon namunaviy uylar va shaharlardagi arzon ko‘p qavatli uylar massivlariga 636 km. ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, aholi punktlarida 531 km. ichimlik suvi tarmoqlari va 174 ta suv inshootini qurish hamda rekonstruksiya qilish, aholi punktlarida 9,6 km. oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ham davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring