Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ijtimoiy ko‘mak» aksiyasida aholining 85 million so‘mlik kommunal qarzi to‘lab berildi

«Ijtimoiy ko‘mak» aksiyasida aholining 85 million so‘mlik kommunal qarzi to‘lab berildi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan federatsiya tomonidan «Ijtimoiy ko‘mak» xayr ehson aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri xududiy birlashmalari mutaxassislari faol qatnashib imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand insonlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kommunal xizmat to‘lovlaridan qarzlari to‘lab berildi.

-Hozirda bu aksiyaga 537 ta oila qamrab olinib, ularga federatsiya hisobidan 85 millionga yaqin mablag‘ ajratilib, gaz, elektr energiyasi, issiq suv ta’minotlaridan qarzlari to‘lab berildi,-deydi federatsiya raisi o‘rinbosari I. Tagayev.

Tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring