Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga o‘tkazildi

Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va ushbu sohadagi umume’tirof etilgan xalqaro normalarni implementatsiya qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) etib qayta nomlandi.

Agentlik, shu jumladan, Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda o‘tkazilishi;

Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari – direktor boshchilik qilishi;

Agentlik direktorining o‘rinbosarlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring