Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar Majburiy ijro byurosiga ishga olinmaydi?

Kimlar Majburiy ijro byurosiga ishga olinmaydi?

Majburiy ijro byurosi xodimlari.

Foto: «Xabar.uz»

Men Majburiy ijro byurosiga ishga kirmoqchiman. Ma’lumotim yuzasidan iqtisodchiman, mazkur tashkilotga ishga kirsam bo‘ladimi? Majburiy ijro byurosiga ishga kirish tartibi qanday? Xodimlarga ishga kirishda qanday talablar qo‘yilgan?

Bu savollarga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadilar.

Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.

O‘qing: Majburiy ijro byurosi direktori bilan intervyu: mansabini suiiste’mol qilgan «gazchi» va «svetchi»larga jinoyat ishi ochilgan

Byuroga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsadida tekshirish hamda maxsus komissiya tomonidan bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan majburiy suhbat o‘tkaziladi.

Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.

O‘qing: MIB xodimlarining maxsus formasi, o‘zboshimcha iste’molchilarga jinoiy jazo va boshqalar haqida

Muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, sudlangan, nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun boshqa davlat organlaridan tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslar Byuroga xizmatga qabul qilinmaydi.

Batafsil ma’lumot bu yerda keltirilgan.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring