Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus bo‘yicha yangi rekord, o‘lim to‘shagida ekani aytilgan Kim Chen In, matbuot erkinligida ko‘tarilish va boshqa muhim xabarlar

Koronavirus bo‘yicha yangi rekord, o‘lim to‘shagida ekani aytilgan Kim Chen In, matbuot erkinligida ko‘tarilish va boshqa muhim xabarlar

Kollaj:«Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 21-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat

2020 yil 21 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1657 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar soni  357 nafarni tashkil etmoqda.

21 aprelni o‘zida 96 kishi tuzaldi, bu shu vaqtgacha rekord sanaladi. 

OAV: Jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Kim Chen Inning ahvoli yaxshi emasligi aytilmoqda

AQSh KXDR rahbari Kim Chen Inning operatsiyadan keyin jiddiy xavf ostida ekanligiga ishora qiluvchi razvedka ma’lumotlarini tarqatgan.

Ammo keyinchalik, Shimoliy Koreya rahbari o‘lim to‘shagida yotgani haqidagi ovozalarga aniqlik kiritildi.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida yuqorilab, 156-o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston «Reporters Without Borders» (Chegara bilmas muxbirlar) tashkilotining matbuot erkinligi reytingida o‘z reytingini 4 taga yaxshilab, 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi.

Tashkilot tomonidan OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tish osonlashtirilgani e’tirof etilgan. Jonli siyosiy ko‘rsatuvlar paydo bo‘lganligi va ba’zi jurnalistlar bugungi kunda korrupsiya va majburiy mehnat kabi nozik mavzularni yoritayotgani ham nazardan chetda qolmagan.

22 aprel kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometerologiya markazi 22 aprel kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Boshqa muhim maqolalar

Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanishi ma’lum qilindi

Ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim. Maslahat va tavsiyalar

AQShda koronavirusni davolashda 72 xil usul sinab ko‘rilyapti

Yangi koronavirus hayvondan kelib chiqqan — JSST

DSQ yirik soliq to‘lovchilarga stiker beradi

Bizni kuzatishda davom eting. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring