Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Foto: Xavfsizlik

Namangan shahrida DXX va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta milliy valyuta banknotlarini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi.

Xususan, 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming so‘m nominaldagi qalbaki banknotlar aniqlandi.

Tadbir davomida Pop tumanida yashovchi (1989-y.t.) va Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi (1999-y.t.) ikki nafar shaxs jami 37,4 mln so‘m qalbaki pullarni shartli xaridorga 7,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, ularni shaxsiy tintuv qilish jarayonida hamda boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» avtomashinasi salonida ham qalbaki 6,4 mln so‘m borligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Xavfsizlik

Tezkor tadbir davomida izboskanlik fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, qalbaki 7,7 mln so‘m, 145 dona oq qog‘ozga chop etilgan turli xil kupyuralar, kompyuter, rangli printer va boshqa ashyolar aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring