Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash ikki barobarga oshiriladi

Nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash ikki barobarga oshiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga «Intil» xalqaro o‘quv markazi tajribasini o‘rganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini ochish topshirildi.

Bu maqsadda har bir viloyatga 8 milliard so‘mdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kishini kasb va nemis tiliga o‘rgatib, Germaniyada ishga joylashtirish belgilandi.

​– Yoshlarga ingliz tilini qanday o‘rgatayotgan bo‘lsak, nemis tili bo‘yicha ham shunday yondashuv kerak,– dedi Prezidentimiz.

​Shu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini kelasi o‘quv yilidan ikki karra oshirish topshirildi.

​Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari o‘zlariga zarur mutaxassislarni O‘zbekiston texnikumlarida tayyorlashga qiziqish bildirmoqda. Ular o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarini jihozlashga sarmoya kiritishga ham tayyor. Prezidentimiz bir oyda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijlik ish beruvchilar talabi asosida kadr tayyorlashga moslashtirishni topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring