Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda o‘ta muhim hujjat qabul qilinishi kutilmoqda

Nukusda o‘ta muhim hujjat qabul qilinishi kutilmoqda

Ayni vaqtda Nukus shahrida YuNESKO shafeligidagi «Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish» xalqaro arxeologiya anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir doirasida o‘ta muhim hujjat qabul qilinishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda Markaziy Osiyo arxeologiyasiga doir o‘ta muhim hujjat qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

«Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish» xalqaro arxeologiya anjumani butun Markaziy Osiyo uchun juda ahamiyatli voqea. Mazkur uchrashuv doirasida o‘ta muhim hujjat – «Markaziy Osiyo arxeologiya merosini boshqarish tamoyillari Deklaratsiyasi»ni muhokama qilish va qabul qilish rejalashtirilgan. Bu esa mintaqa tarixida mazkur yo‘nalishdagi ilk tashabbus bo‘lib, u barcha arxeologiya merosini o‘rganish, asrash va uni eng yuqori xalqaro darajada ommalashtirish yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirishga xizmat qiladi»,— deydi Abduhakimov.

Eslatib o‘tamiz, mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport ishlari vazirligi, YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MOXTI) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ko‘magida tashkillashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring