Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Olamlarga rahmat Payg‘ambar» siyrat tanlovi g‘oliblari aniqlandi

«Olamlarga rahmat Payg‘ambar» siyrat tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan o‘tkazilgan «Olamlarga rahmat Payg‘ambar» nomli siyrat tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi.

Tanlovdagi ijodiy ishlar yetuk ulamo va ustozlardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan adolat va xolislik asosida ko‘rib chiqilib, munosib nomzodlar tanlandi.

Tanlovning yakuniy natijalari quyidagicha bo‘ldi:

«Maqolalar» yo‘nalishida:
1-o‘rin – Sodiqjanov Abdulbosit («Olamlarga rahmat Payg‘ambar»)
2-o‘rin – Mirsagatov Rustamjon («Kechirimli bo‘lish – Rasulullohdan sunnat»)
3-o‘rin – Komilova Yulduz («Kim seni uningdek yaxshi ko‘radi»)

«Media va innovatsion loyihalar» yo‘nalishida:
1-o‘rin – Yunusova Qurbonbika («Siyratga sayohat, siyratni o‘rganamiz» kabi innovatsion loyihalar)
2-o‘rin – Yunusbekov Avaz («Rasululloh» nomli qisqa videorolik)
3-o‘rin – Muzrapov Turg‘un («Rasulullohning sunnatlari» haqida videolavha)

«Kitoblar» yo‘nalishida:
1-o‘rin – Mirnosir Hasanov («Allohning elchisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam»)
2-o‘rin – Sa’dulloh Kamoliddin hoji («Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayoti»)
3-o‘rin – Ergashev Hasanboy («Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko‘rdim»)

«Olamlarga rahmat Payg‘ambar» nomli siyrat tanlovining Oliy o‘riniga «Olamlarga rahmat payg‘ambar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlaridagi rahmat» nomli kitobi g‘olib deb topildi va Haj yo‘llanmasi mualliflar jamoasidan Xonzoda Abdulvohid qiziga taqdim etildi.

Tanlovning nominatsiya g‘oliblari:

«Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi»:
- Olimjon Bo‘riyev
- Ahmadjon domla Bobomurod
- Ataboyev Abdumutalib

«Eng matonatli ishtirokchi»
- Yuldashev Kozimjon (ko‘zlari ojiz)
- Sirojov Istam (I guruh nogironi)

«Eng chiroyli bezakli kitob»
- Abdukamol Abdujalilov

«Ayollar haqidagi siyrat kitobi»
- Tolib Nizom
- Bobomurod Erali

«Siyratning eng yaxshi manzumasi»
- Shukurulla Dadashev
- Imomgazarova Movluda

«Eng ta’sirli videolavha»
- Rasxodjaev Akmalxodja Adxamxodjaevich.

«Eng izlanuvchan muallif»
- Valixonto‘ra Buxoriy

«Eng yaxshi siyrat badiasi»
- Fayziyev Akbarjon

– «Maqolalar», «Media va innovatsion loyihalar» va «Kitoblar» yo‘nalishi g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlandi;

– «Olamlarga rahmat Payg‘ambar» tanlovi nominatsiya g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Alloh taolo barchalariga g‘oliblikni muborak aylasin, qolgan ishtirokchilarga ham kelgusida muvaffaqiyatlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring