Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ga zamonaviy «Airbus A320 neo» avialayneri keltirildi (foto)

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ga zamonaviy «Airbus A320 neo» avialayneri keltirildi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 11-mart kuni  «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi samolyotlari safidan  eng zamonaviy  «Airbus A320 neo» layneri ham joy oldi.

Shu munosabat bilan aviakompaniya matbuot xizmati jurnalistlar uchun Gamburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan samolyot bo‘ylab press-tur tashkil etdi.

Ushbu layner 150 kishilik sig‘imga ega bo‘lib, parvoz masofasi 4,5 ming 5 ming kilometrgacha uzaytirilgan. Bu  «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

2017-yilda tuzilgan milliy aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasiga muvofiq joriy oyning oxirida ikkinchi shu rusumdagi samolyot O‘zbekistonga keltiriladi.

Bugungi kunda Milliy aviakompaniya aviaparkida  «Boeing-757/767»,  «Boeing 787-8»,  «Airbus A320 neo» yo‘lovchi tashuvchi  va  «Boeing -767-300BFC» yuk samolyotlari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring