Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston Qahramoni»ning ustamasi nima uchun «O‘zbekiston xalq artisti»nikidan kam?

«O‘zbekiston Qahramoni»ning ustamasi nima uchun «O‘zbekiston xalq artisti»nikidan kam?

Foto: «Vekipediya»

«Adolat» gazetasining navbatdagi sonida davlat unvonlari bilan bog‘liq qonunchilikka o‘zgartirish kiritish haqidagi taklif e’lon qilindi. «Adolat» SDP raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonovning fikriga ko‘ra, amaldagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Gap shundaki, fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-maydagi «O‘zbekiston qahramoni» unvonini belgilash va oliy nishon — «Oltin yulduz» medalini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonuni hamda shu qonun bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston qahramoni» unvoni to‘g‘risidagi nizom asosida taqdirlanadi.

Mazkur nizomning 6-moddasi birinchi xatboshisida «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin to‘lanadigan ustama mukofot oladilar», deb belgilab qo‘yilgan va bu talab hozirgi kunda ham amalda. Bu ustama miqdorini boshqa ustama belgilangan mukofotlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, sezilarli darajada nomutanosibliklar mavjud. Masalan, O‘zbekiston qahramonining har oyda ish haqi yoki pensiyasiga qo‘shimcha oladigan ustamasi miqdori eng kam oylik ish haqining 1 barobarini tashkil etsa, xalq artistining har oyda ish haqi yoki pensiyasiga qo‘shimcha oladigan ustamasi miqdori eng kam oylik ish haqining 3 barobariga teng. Hattoki, xizmat ko‘rsatgan artistning har oyda ish haqi yoki pensiyasiga qo‘shimcha oladigan ustamasi ham qahramonning ustamasidan ko‘proq — eng kam oylik ish haqining 1,8 barobari miqdorida.

Siyosatchining fikricha, «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni mamlakatimizning oliy darajadagi mukofoti bo‘lganligi sababli unvon sohiblariga beriladigan ustama miqdori oshirilishi, shuningdek ushbu unvon sohiblariga ham boshqa unvonlar sohiblari uchun joriy qilingan imtiyozlarni e’tiborga olgan holda qo‘shimcha imtiyozlar berilishi bugungi islohotlarga to‘liq mos bo‘ladi.

Buning uchun 1994-yil 5-mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini belgilash va oliy nishon — «Oltin yulduz» medalini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni to‘g‘risidagi Nizomning 6-moddasidagi «eng kam oylik ish haqi miqdorida» degan jumlani «eng kam oylik ish haqining __ (masalan besh) barobari miqdorida», degan jumla bilan o‘zgartish va boshqa qonun hujjatlarini bunga moslashtirish kifoya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring