O‘zbekiston vakili ilk bor TDT bosh kotibi lavozimini egalladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 13-sammiti doirasida Davlat rahbarlari kengashining qarori bilan TDT bosh kotibi etib tayinlandi.
Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
O‘zbekiston vakili ilk bor Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Mirvohid Azimov O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 26-maydagi qarori bilan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bunga qadar u Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter