Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda qorli kunlar boshlanmoqda

O‘zbekistonda qorli kunlar boshlanmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Respublika gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekiston hududlarida bir necha kun davomida qor yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20-dekabr kunlari ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 21-dekabr kuni esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. 18-dekabr kuni kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21-dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 19-dekabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 18-dekabr kuni kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21-dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18 va 21-dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 19-20 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. 18 dekabr kuni kunduzi +7...+12, 19-21-dekabr kunlari  +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20-dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, 21-dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20-dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, 21-dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati 18-19-dekabr kunlari kechasi -2...-7 daraja, 20-21-dekabr kunlari -7...-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring