Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston davlat statitistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatdagi o‘lim holatlariga aynan qaysi kasalliklar sabab bo‘lganini ma’lum qildi. 

2019-yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018-yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,7 promille bo‘lgan).

Ushbu davrda qayd etilgan o‘limlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - o‘simtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 16,0 %i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,1 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 6,7 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Foto: O‘zbekiston davlat statitistika qo‘mitasi

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring