Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar endi Shvetsiyada ishlashi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar endi Shvetsiyada ishlashi mumkin bo‘ladi

Foto: Migratsiya agentligi

O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida «Migratsiya va mobillik to‘g‘risida»gi bitim hamda migratsiya va mobillik bo‘yicha pilot dasturni amalga oshirish yuzasidan Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Mazkur hujjatlar o‘zbekistonliklar uchun Shvetsiyada qonuniy ishlash, o‘qish va yashash imkoniyatlarini tartibga soluvchi davlat tomonidan kafolatlangan huquqiy mexanizm hisoblanadi.

Bitim doirasida tibbiyot, texnika, xizmat ko‘rsatish va parvarishlash sohalaridagi malakali mutaxassislarni Shvetsiya mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, o‘zbekistonlik nomzodlarni shved ish beruvchilari bilan bog‘lash mexanizmlari yaratiladi.

Hujjat talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirishni ham ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, migratsiya dasturlari ishtirokchilari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar joriy etiladi.

Shu bilan birga, viza tartiblarini soddalashtirish va diplomatik pasport egalari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy etish belgilangan. Noqonuniy migratsiya, odam savdosi va hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi qo‘shma mexanizmlar ham kuchaytiriladi.

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro migratsiya tashkiloti ishtirokida amalga oshiriladigan pilot dastur doirasida Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganiladi, shuningdek, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring