Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi

O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

8-may kuni poytaxtimizdagi «Vatanga qasamyod» haykali oldida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi bilan hamkorlikda «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat» shiori ostida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan vatanparvarlik aksiyasi tashkillashtirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, unda mustaqil O‘zbekiston armiyasining afsonasi – birinchi mudofaa vaziri, nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Harbiy aloqa instituti kursantlari hamda Tibbiy akademiya huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari, nafaqadagi harbiylar, Yoshlar ittifoqi vakillari, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi, «Nezabudki» bolalar raqs jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari urush yillaridagi o‘z xotiralarini yoshlarga so‘zlab berdi. Shuningdek, Afg‘on urushi qatnashchilari hamda mustaqillik yillarida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotirasi yodga olindi. 

Tadbir so‘nggida faxriylarga esdalik sovg‘alari ulashildi.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring