Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 7 tonnalik sumalak tayyorlanmoqda

Toshkentda 7 tonnalik sumalak tayyorlanmoqda

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Toshkentdagi Central Park bog‘ida og‘irligi 7 tonnani tashkil etuvchi rekord qiymatdagi bayramona taom – sumalak tayyorlanmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi, Toshkent shahar hokimiyati hamda Coca-Cola kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

An’anaviy taomni tayyorlash uchun 1,25 tonna bug‘doy va 4 tonna undan foydalanildi. Taomni tayyorlash jarayonida 80 oshpaz ishtirok etmoqda.

Milliy taom xayriya maqsadida tayyorlanmoqda – 30-mart kuni tayyor ovqat Mehribonlik uylari, shuningdek poytaxt aholisi va mehmonlariga tarqatiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring