Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Hokimning tegishli qaroriga asosan, Qobilov Rustam Rajabboyevich Samarqand viloyati hokimining yangi tashkil etilgan rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Qobilov mazkur tayinlovga qadar viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Samarqand viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Suyunov Jo‘rabek Bahriddinovich Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

​Jo‘rabek Suyunov mazkur tayinlovga qadar viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring