Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda daraxtlar kesilmasligini kuzatish uchun kamera o‘rnatildi

Samarqandda daraxtlar kesilmasligini kuzatish uchun kamera o‘rnatildi

Samarqandda xalq tilida «bulvar» nomi bilan mashhur bo‘lgan xiyobondagi daraxtlar kesilishi haqida shov-shuv ko‘tarilgandan so‘ng viloyat hokimi Erkin Turdimov jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda hokim daraxtlar kesilmasligini va’da qilgan.

Endi bu yerdagi obodonlashtirish ishlarini real vaqt rejimida veb-sayt orqali kuzatib borish mumkin.

Erkin Turdimov Samarqand shahridagi universitet xiyobonida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini bevosita kuzatib borish uchun onlayn kameralar o‘rnatilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Uch kun ichida bu g‘oya amalga oshdi. Ayni paytda Universitet xiyoboniga o‘rnatilgan kamera orqali bu yerdagi jarayonlardan xabardor bo‘lish mumkin, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring