Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva Senat majlisida Elmira Bositxonovaga tanbeh berdi

Tanzila Norboyeva Senat majlisida Elmira Bositxonovaga tanbeh berdi

Senat raisi Tanzila Norboyeva sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga tanbeh berdi.

Hodisa Senat yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov davlat budjetining 2022 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan hisobot berayotgan vaqtda sodir bo‘ldi.

Hisobot paytida senat a’zosi Manzura Salimova chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun zarur dori vositalari qamrovi yuzasidan savol berdi.

«Chalalik — erta tug‘ilish bilan bog‘liq bo‘lgan chaqaloqlarimizning yashab ketish omiliga ta’sir qiluvchi «Surfaktant» dori vositasi bor. Ushbu dori vositasi 6 oylik muddatda ehtiyojimizning 10 foizinigina qamrab olyapti, xolos. Bu dori vositasi chaqaloqlarning hayotini saqlash uchun zarur hisoblanadi. Ushbu dorilar bilan uzluksiz ta’minlanish chora-tadbirlari bo‘yicha qanday fikrlari bor?», — deya savol berdi senator.

Ushbu savol bo‘yicha vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova «10 foiz deb raqam qayerdan olingani tahlil qilinib, javob beriladi», dedi.

Tanzila Norboyeva yuqori palataga faqatgina aniqlashtirishgan raqamlar olib chiqilishini aytib, Bositxonovaga tanbeh berdi.

«Bu auditoriyaga hammasi tahlil qilingan, tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi. Uni noto‘g‘ri deyish umuman mumkin emas. Qayerdan oldinglar? Oldingi sessiyalarda ham raqamlar noto‘g‘ri degan bir-ikkitasi bo‘lgandi. Keyin hamma raqamlar to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdik...», — qayd etdi Senat raisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring