Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoiy ish ochildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoiy ish ochildi

Foto: Toshkent shahar hokimiyati

Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Prezident ishdan olgan Toshkent shahri soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonov va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher G‘aniyevga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Sud 21-sentyabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Yunusjon Nasimjonov Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi «a» bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-modda 2-qismi «a» bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan gumonlanuvchi sifatida sudga jalb qilingan. U 2021−2026 yillarda Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Alisher G‘aniyev esa Jinoyat kodeksining 205-modda 2-qismi «a» bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 223-modda 2-qismi «v» va «g» bandi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ularning ikkisi ham Shavkat Mirziyoyev tomonidan 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishdan olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring