Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan Moskvaga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Moskvaga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, kompaniya joriy yil 14-dekabrdan boshlab Toshkent-Moskva yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi  yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar haftasiga bir marta (juma kuni) amalga oshiriladi.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha poyezd Samarqand, Navoiy, Buxoro va Nukus shaharlaridan o‘tib, Qoraqalpog‘iston temir yo‘l stansiyasi orqali harakatlandi. Bu esa ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga, qolaversa yurtimizning tarixiy shaharlariga kelishni istagan sayyohlar uchun ham juda katta qulaylik yaratadi. Restoran vagonida uch mahal issiq ovqat tayyorlanadi.

O‘zbekistondan Rossiya poytaxtiga qatnovchi poyezdlar soni endi uchtaga yetdi. Shu kungacha Toshkent-Moskva va Andijon-Moskva poyezdlari Keles stansiyasi orqali harakatlangan.

Toshkent-Moskva-Toshkent poyezdi mahalliy vaqt bilan soat 18:54 da jo‘naydi va 79 soatdan so‘ng, Moskva vaqti bilan soat 00:00 da Rossiya poytaxtining Qozon vokzaliga yetib boradi.

Chiptalar narxlari quyidagicha:

  • Platskart (227 o‘rin) — 1 196 482 so‘m
  • Kupe (26 o‘rin) — 1 867917 so‘m
  • Lyuks (16 o‘rin) — 2 838 347 so‘m.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring