Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in xavfsizligi instituti qabristonlarda hashar o‘tkazdi

Yong‘in xavfsizligi instituti qabristonlarda hashar o‘tkazdi

Foto: «Xabar.uz»

Mahallalarda o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan joriy yilning mart oyidan boshlab har haftaning shanba va yakshanba kunlari Sergeli, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, yakka yolg‘iz hamda nogiron fuqarolarning xonadonlarida, Mehribonlik uylarida, Olmazor tumanidagi urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, hamda Ohangaron tumanidagi «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida hasharlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yil 4-5-may kunlari Institut xodimlari va kursantlari ushbu ezgu va xayrli an’anani davom ettirgan holda Toshkent viloyatining Zangiota va Yangiyo‘l tumanlaridagi qabristonlarda hamda Sergeli tumanida joylashgan qabristonlarda (shu jumladan, rus va koreys xalqlarining qabristonlarida) uyushqoqlik bilan hasharlar o‘tkazdi.

Hasharda institutning doimiy va o‘zgaruvchan tarkibidan jami 400 nafar xodim va kursantlar ishtirok etdi. Ikki kun davomida «Zangiota» ziyoratgohi va 4 ta qabristonda obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, ariqlarni tozalash, hududni tartibga keltirish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Bu qilingan hayr-sahovatga boy ishlari uchun «Zangiota» ziyoratgohi va qabristonlar ma’muriyati, marhumlarning yaqin qarindoshlari, rus va koreys millati vakillari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring