Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX jazolagan haydovchi shifoxonada vafot etdi. O‘zi nima bo‘lgandi?

YPX jazolagan haydovchi shifoxonada vafot etdi. O‘zi nima bo‘lgandi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaronda haydovchi YPX inspektori tomonidan kaltaklangani va oqibatda vafot etgani haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

YHXBning holatga izoh berishicha, joriy yilning 20 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani O‘zar qishlog‘ida Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab kelayotgan «VAZ-2121» mashinasi YHXB inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan.

Shu vaqtda haydovchi G‘.Sh.ning mashina boshqarish uchun hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 1-qismi bilan elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun YHXB inspektori boshqaruvida olib ketilayotganida, old o‘rindiqda o‘tirgan haydovchi G‘.Sh. avtotransport eshigini ochib, o‘zini mashinadan tashlab yuborgan.

Unga bosh miya ochiq jarohati, bosh miya qon quyilishi og‘ir holati, bosh miya siljib sinish tashxisi qo‘yilgan.

Inspektorlar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borishgan. Biroq kecha, 6 iyun kuni G‘.Sh. Toshkent shahrida joylashgan 39-sonli shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, vafot etgan.

Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda. 

Ushbu holatga nisbatan IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov pisandali munosabat bildirgan. U holat to‘liq o‘rganilib, vaziyatga huquqiy baho berilmagunga qadar, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

«Yolg‘on shov-shuv ko‘tarish ortidan kanalingizga podpischik yig‘ishni boshqa vaqtga qoldiring», deya iddao qilgan rasmiy idora vakili OAV xodimlariga nisbatan.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu 20 may kuni kechqurun bir necha qozoq fuqarolari boshqa hudud, Samarqand shahrida yurgan paytda IIB xodimlari ulardan hujjat talab etgan va ularga nisbatan qo‘pollik qilib, elektroshoker qo‘llagandi (videosi bor).

Keyinroq Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi ushbu holatga nisbatan elektroshoker ishlatganiga munosabat bildirib, hal qilish uchun O‘zbekistonga xat bilan murojaat qilgan.

Samarqanda viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ikki nafar xodim ichki ishlar tizimidan ishdan bo‘shatilgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring