Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi

Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi

Foto: Thu Sun

Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

Asosiy vaqt davomida hisob ochilmadi. G‘alaba golini qo‘shimcha bo‘limning 106-daqiqasida Ferran Torres kiritdi va Ispaniyaga chempionlikni taqdim etdi.

Vaziyat ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Enso Fernandes ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatilgach yanada murakkablashdi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan amaldagi chempionlar Ispaniyaning bosimiga bardosh bera olmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etdi. Mundialga uch davlat — AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qildi.

Keyingi, 2030 yilgi Jahon chempionati futbol bo‘yicha ilk mundialning 100 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Musobaqaga Ispaniya, Marokash va Portugaliya mezbonlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring