Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oskar» mukofoti g‘oliblari aniqlandi

«Oskar» mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Foto: «Film PRO»

Los Anjelesda an’anaviy «Oskar» kinomukofoti g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Yashil kitob» — yilning «Eng yaxshi filmi» deb topildi. Film rejissyori Piter Farelliga mukofotni taniqli aktrisa Juliya Roberts topshirdi.

Piter Farelli

Meksikalik Alfonso Kuaron oq-qora tasvirli «Roma» filmi uchun «Eng yaxshi rejissyor» deb topildi. Unga mukofotni vatandoshi Gilermo del Toro topshirdi.

Alfonso Kuaron

«Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasida aktyor Rami Malek «Oskar»ni qo‘lga kiritdi. U «Bogem rapsodiyasi» filmida «Queen» guruhi vokalisti Freddi Merkyurining obrazini yaratdi.

Rami Malek

Buyuk Britaniya qirolichasi Anna rolini o‘ynagan Oliviya Kolman «Eng yaxshi aktrisa» deb topildi (Yorgos Lantimosning «Favoritka» filmi).   

Oliviya Kolman

G‘oliblarning umumiy ro‘yxati:

Chet tildagi eng yaxshi film — «Roma» (Meksika)

Eng yaxshi multfilm — «O‘rgimchak-odam»

Eng yaxshi vizual effektlar — «Birinchi odam»

Eng yaxshi ssenariy — «Yashil kitob»

Eng yaxshi aktyor — Rami Malik («Bogem rapsodiyasi»)

Eng yaxshi aktrisa — Oliviya Kolman (Sevimli)

Eng yaxshi rejissyor — Alfonso Kuaron (Roma)

Eng yaxshi film — «Yashil kitob»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring