Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

Foto: «Argument.kg»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-aprel kuni «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida» qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanadi.

Tegishli chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra:

— «Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston» nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;

— Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

— yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish;

— Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga adib nomini berish;

— Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini o‘rnatish;

— O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda «Chingiz Aytmatov va o‘zbek adabiyoti» mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish;

— mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;

— 2018-yil dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring