Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda “Abay va o‘zbek adabiyoti” nomli ekspozitsiya ochildi

Toshkentda “Abay va o‘zbek adabiyoti” nomli ekspozitsiya ochildi

Foto: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida «Abay va o‘zbek adabiyoti» deb nomlangan doimiy ekspozitsiya tashkil qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rasmiy «Telegram» kanalida xabar berilgan.

Doimiy ekspozitsiya buyuk ma’rifatparvar shoir va mutafakkir, xalqlar do‘stligining otashin kuychisi Abay Qo‘nonboyevning hayoti va ijodi, o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari tarixiga oid ma’lumotlarni o‘zida mujassamlagan.

Ekspozitsiyaning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Qozog‘istonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Utembayev Yerik Miltiqbayevich, yurtimizdagi Qozoq milliy madaniy markazi raisi Usenov Serik Nazarovich, universitet faxriylari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring