Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-yarim yillikda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 4,3 mln so‘mni tashkil qilgan

1-yarim yillikda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 4,3 mln so‘mni tashkil qilgan

2023-yilning I yarim yilligida yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 469 619 mlrd so‘mni yoki o‘sish sura’ti 5,6 foizni (yil boshidagi prognoz – 5,2 foiz) tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining bugun, 12-sentyabr kuni e’lon qilgan hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, bunda, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri xizmatlar sohasi bo‘lib, uning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, sanoat 5,6 foizga, qurilish ishlari – 4,8 foiz va qishloq xo‘jaligi 3,8 foizga o‘sdi.

2023-yilning I yarmida iqtisodiy o‘sish quyidagi talab omillar hisobiga erishildi:

  • yakuniy iste’mol 6,9 foizga oshdi, bunda, aholi real daromadlari 6,5 foizga oshib, aholi jon boshiga umumiy daromadlar 9,3 mln so‘mni tashkil etdi.
    Shu bilan birga chakana savdo aylanmasi 133 trln so‘mni (o‘sish – 6,9 foiz), umumiy pul tushumlari (naqd va terminal) 295,4 trln so‘mni (30,7 foiz), o‘rtacha nominal ish haqqi 4,3 mln so‘mni (22 foiz) tashkil etdi.
  • davlat budjeti xarajatlari 25,3 foizga (129,1 trln so‘m) o‘sdi;
  • asosiy kapitalga investitsiyalar 7,9 foizga oshdi (139 trln so‘m);
  • eksportning nominal o‘sishi 23 foizni (12,1 mlrd doll) va import 17 foizni (17 mlrd doll) tashkil etdi;
  • iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 25,1 foizga (441,9 trln so‘m) oshdi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring