Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 oyda 41 583 ta ajrim qayd etilgan

10 oyda 41 583 ta ajrim qayd etilgan

2023-yilning 10 oyi davomida 41 583 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, IIV hamda boshqa mutasaddi idoralar ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Joylarda ajrimlarning oldini olish maqsadida mahallalarda “Nizoli oilalar bilan individual ishlash tartibi” joriy etildi. 9 442 ta mahallalarda faollar, “Oqila ayollar harakati” a’zolari, jamoatchilik vakillari xamkorlikda nizoli oilalar bilan yakka tartibda ishlash orqali  ajrim yoqasiga kelib qolgan 24 193 nafar er-xotinlarning 20 265 nafari yarashtirildi», deyiladi tadbirning rasmiy relizida.

Ta’kidlanishicha, mahallalarda bevosita xotin-qizlar faollari tomonidan belgilangan 7 ta yo‘nalishda yanvar-noyabr oylari davomida 533 041 ta muammo aniqlanib, shundan 513 824 tasi bartaraf etilgan. Jumladan:

  • nizoli 43 803 ta oilalar aniqlandi va 36 272 ta si murosaga keltirildi;
  • ishlash istagi bo‘lgan 143 487 nafar xotin-qizlarning 135 342 nafari ning bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashildi;
  • kasb-hunarga o‘qish va o‘rganish istagi bo‘lgan 41 508 nafar xotin-qizlar 41 165 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi;
  • ijtimoiy xizmat va ijtimoiy yordamga muhtoj 251 460 ta oilalar aniqlangan bo‘lib, shundan 249 637 ta oilaga yordam ko‘rsatildi;
  • profilaktik hisobda turgan 3 412 nafar xotin-qizlarning 2 939 nafarini muammosi hal etildi, 447 nafari profilaktik hisobdan chiqarildi;
  • migratsiyadagi 9 187 nafar xotin-qizlarga tegishli yordam ko‘rsatildi;
  • xorijga ishlashga ketgan 3 182 nafar xotin-qiz vatangan qaytarildi;
  • xonadon gigiyenasi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 39 793 ta muammo aniqlangan bo‘lib, shundan 39 116 tasi bartaraf etildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ayolni kasbga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash, shu orqali oilalarni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, hududlardagi “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan 2023 yilning 10 oyi davomida:

  • 90 336 nafar  ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitilgan, ularning 29 921 nafari o‘zini o‘zi band qilib, shundan 12 585 nafari imtiyozli kreditlar bilan ta’minlangan;
  • 7 188 nafar xotin-qiz o‘z biznesini boshlash maqsadida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, ularning 4 373 nafariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilgan;
  • 26 838 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring