Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi «buzilishlar» bilan bog‘liq xavotirlarni kuzatib boryapmiz – YuNESKO

Buxorodagi «buzilishlar» bilan bog‘liq xavotirlarni kuzatib boryapmiz – YuNESKO

YuNESKOning O‘zbekistondagi bo‘linmasi rahbari Sara Noshadi Buxoro markazidagi «snos» bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

U tashkilot Buxorodagi Butunjahon madaniy merosi obyektlarining saqlanishi holatini, shuningdek, ob’yektlar bufer zonasida jiddiy qurilishlar rejasiga nisbatan jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan xavotirlarni diqqat bilan kuzatib borayotganiga urg‘u bergan.

Shuningdek, Butunjahon merosi markazi O‘zbekiston hukumatiga bu masalada murojaat qilganini bildirgan.

«Butunjahon merosi markazi mahalliy rasmiylarning Butunjahon merosi konvensiyasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishiga umid qiladi va Butunjahon merosi qo‘mitasi tomonidan oldindan ogohlantirilmasdan va baholashsiz hech qanday buzish/qurilish loyihalarini amalga oshirmaydi», – deb yozadi Noshadi.

U, shuningdek, YuNESKO ushbu shaharning umumbashariy qiymatini saqlab qolishda yordam berishga va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahri markazida «Boqiy Buxoro» tarixiy-etnografik markazi qurilishi boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring