Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat notarial idoralari xodimlari uchun yo‘lkira va tushlik puli to‘lab beriladi

Davlat notarial idoralari xodimlari uchun yo‘lkira va tushlik puli to‘lab beriladi

Davlat notarial idoralari va Adliya vazirligi huzuridagi notarial arxivlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish turlari kengaytirilmoqda.

Ya’ni, endilikda xodimlarga rasmiy bayram kunlari munosabati bilan bir marotabalik mukofot puli to‘lanishi, ularning ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari qoplanishi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ajratilishi mumkin.

Bu borada joriy yil 23 iyun kuni Adliya, Iqtisodiyot va moliya hamda  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarining qo‘shma qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, shuningdek moddiy rag‘batlantirishlarning miqdorlari o‘rnatilmoqda.

Unga ko‘ra:

  • bir marotabalik mukofot puli – bir oylik maosh miqdorigacha;
  • ovqatlanish uchun har oylik to‘lov – BHMning 2 baravarigacha;
  • yo‘lkira uchun kompensatsiya – BHMning 1 baravarigacha;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bir yilda bir marotaba (qoida tariqasida, kuz oylarida) moddiy yordam – BHMning 10 baravarigacha.

Ma’lumot uchun, muqaddam lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama o‘rnatish, mukofotlash, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish va moddiy yordam ko‘rsatish kabi rag‘batlantirish turlari o‘rnatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring