Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kollej va texnikumlarda o‘quvchi ayollarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Kollej va texnikumlarda o‘quvchi ayollarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining «Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan kollej va texnikumlar o‘quvchi-qizlariga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxatini tasdiqlash vazifasi topshirilgan.

Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda o‘qiydigan 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan o‘quvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring