Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston piyoz eksportida rekord qayd etdi – EastFruit

O‘zbekiston piyoz eksportida rekord qayd etdi – EastFruit

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston Yevropa va Yaqin Sharqqa piyoz yetkazib berish bilan bog‘liq keskin vaziyat fonida yaxshigina foyda ko‘rgan.

Mamlakatda piyoz eksportiga qo‘yilgan taqiq olib tashlangan sana (2023-yilning 15-marti)dan boshlab to 2023-yilning may oyi oxiriga qadar O‘zbekiston 157 ming tonnadan ortiq piyoz eksport qilgan.

“Bu qisqa vaqt ichida yangi rekord. 2,5 oy davomida piyoz eksportidan tushgan umumiy tushum 29,2 million AQSh dollariga yetdi”, – deyiladi nashr chop etgan maqolada.

Piyoz eksporti mart oyi o‘rtalarigacha taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, 2023-yilning may oyi oxiri holatiga eksport hajmi 2022-yildagi jami eksportga nisbatan 33 foizga yuqori bo‘lgan.

O‘z navbatida eksport geografiyasi ham sezilarli darajada kengaygani ko‘rinadi. O‘tgan yili o‘zbek piyozi asosan shu mintaqaning olti davlatiga va Ukrainaga jo‘natilgan bo‘lsa, 2023-yilda o‘zbek piyoziga 18 davlat xaridor bo‘lgan.

Jumladan, nashrga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining beshta davlati O‘zbekistondan piyoz import qilmoqda. Ular –  Polsha, Latviya, Litva, Estoniya va Chexiya. Sharqiy Yevropada esa o‘zbek piyozining katta hajmi Ukraina, Moldova va Gruziyaga yetkazib berilgan.

Piyoz mahsuloti eng ko‘p Qozog‘iston (92,3 ming tonna), Rossiya (47,3 ming tonna), Qirg‘iziston (7,1 ming tonna), Belarus (3,1 ming tonna) hamda Latviya (1,9 ming tonna) davlatlariga eksport qilingan.

Mahsulot, jumladan, nisbatan noodatiy bo‘lgan, Pokiston (51 tonna) va Iroq (47 tonna)qa ham eksport qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring