Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun javobgarlik belgilanayotganini rad etdi

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun javobgarlik belgilanayotganini rad etdi

Ta’kidlanishicha, 4-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda» mazmunidagi xabarlar tarqatilib, go‘yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida xuddi shu mazmundagi hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yilgani ko‘rsatilgan. Biroq ushbu havola ustiga bosilganda, bunday sahifa mavjud emasligini anglatuvchi «404» yozuvi chiqib keladi.

Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmaganini bildirdi.

«Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan loyihalarga tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli identifikatsiya (ID) raqami beriladi va ushbu ID raqam havolada aks etadi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi»ni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tizim tomonidan 83183 ID raqami berilgan va bu tegishli havolada ham aks etgan», deyiladi xabarda.

Vazirlik mulozimi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal ma’murlaridan yolg‘on va noxolis, tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring