Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

QQS qaytarib beriladigan eksportchilar ro‘yxati kengaydi

QQS qaytarib beriladigan eksportchilar ro‘yxati kengaydi

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar jalb qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Joriy yilda mavjud loyihalar hisobidan 655 million dollar xorijiy investitsiyani o‘zlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya ishtirokida 500 million dollarlik yangi loyihalarni boshlash muhimligi ta’kidlandi.

Bunda, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda xuddi qurilish sohasidagi kabi qishloq xo‘jaligida ham ish o‘rinlari va tovar aylanmasini «soyadan» chiqarish zarurligi ta’kidlandi.

Endilikda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish bo‘yicha imtiyoz milliy valyutada eksport qilgan tadbirkorlarga ham tatbiq qilinishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring